
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida katta miqdordagi kredit mablag‘larini olib, to‘lovlarini esa o‘z vaqtida qaytara olmagan qarzdor jamiyatning garovdagi mulki sotilmoqda.
Iqtisodiy ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan undiruvi AT “Xalq bank” foydasiga qarzdor MCHJdan 1 mlrd. 573 mln. 851 ming so‘m kredit qarzini undirilishi belgilangan.
Shuningdek, undiruv garovdagi tumanning Quyi-Tovul MFY hududida joylashgan bino-inshootlariga qaratilishi ko‘zda tutilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida Majburiy ijro byurosining Beshariq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan garovdagi to‘yxona bino-inshootlari xatlab qo‘yildi.
Hozirda to‘yxona bino-inshootlari 1 mlrd. 143 mln. 750 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar