Bankdan qarzdor fuqaroning avtomashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosi va IIB YXHB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan Autocon tadbiri davomida Toshkent viloyat boshqarmasi Qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bank foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik bilan bog‘liq navbatdagi ijro harakati ta’minlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro Yu.M.dan AITB "Ipak yo‘li" Yangiyo‘l filiali foydasiga 280 million so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan va unga tegishli «CHERIY TIGGO 7 pro» rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan edi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina qarzdorning yashash manzilida aniqlandi.
Natijada qarzdorga tegishli bo‘lgan avtotransport belgilangan tartibda xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.






























Izohlar 0
…