
Bugun, 26 oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgan.
Kun.uz manbasiga koʻra, suiqasd tungi soat 1:30 lar atrofida Komil Allamjonovning Qibray tumanidagi uyi yaqinida sodir boʻlgan.
Ikki noma'lum shaxs u oʻtirgan mashinaga bir necha bor oʻq uzib, hodisa joyidan yashiringan. Allamjonovga zarar etmagan.
Eslatib oʻtamiz, Komil Allamjonov joriy yil 30 sentyabr kuni Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimidan ozod etilgandi. Keyinroq u faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma'lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!