
Foto: Bojxona qoʻmitasi
Toshkent xalqaro aeroportida oltin quymalari va xitoy tangalarini noqonuniy ravishda olib chiqib ketmoqchi boʻlgan shaxs aniqlandi.
Fuqaroning qoʻl sumkasi bojxona xodimlari tomonidan koʻzdan kechirilganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy ogʻirligi 187 gramm boʻlgan 6 dona oltin quymasi hamda 7 dona xitoy ierogliflari tushirilgan tangalar kosmetika kremi ichiga yashirilgani aniqlandi.

Shundan soʻng ushbu fuqaro shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, uning yonidan ogʻirligi 20 gramm boʻlgan quyma tilla uzuk ham borligi aniqlandi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu buyumlarning umumiy qiymati 223 mln soʻmni tashkil qildi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, rezident va norezident jismoniy shaxslarga — qiymati 100 mln soʻmgacha boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, 100 mln soʻm va undan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi. Shuningdek, yaratilganiga ellik yildan oshgan madaniy boyliklarni respublika hududidan olib chiqish mumkin emas.


Oltin QuymalariToshkent AeroportiNoqonuniy TashishBojxona NazoratiJinoyat IshlariZargarlik Buyumlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing