21:51 / 31.10.2024
12

Prezident nuroniylar va ziyolilar bilan suhbatlashdi

Prezident nuroniylar va ziyolilar bilan suhbatlashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbari “Yangi Navoiy” shaharchasi qurilish maydonida bo‘lib, nuroniylar va ziyolilar bilan suhbatlashdi.

- Bugun bu yerga Navoiy viloyatidagi 8 ta tuman, 3 ta shaharning ertangi kuni qanday bo‘ladi, degan savolga javob topish uchun keldik. Aslida, bitta ro‘zg‘orni tebratishning o‘zi bo‘lmaydi. Xudoga shukur, aholimiz 38 millionga yaqinlashayapti. Buning uchun xalqimizga munosib mustahkam zamin yaratib borishimiz kerak. Bunday yangi shaharchalarni nima uchun qurayapmiz? Yoshlarimiz o‘sib kelayapti. Ular o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyida ishlab, yaxshi yashashi uchun hamma hududlarda sharoit yaratamiz, - dedi Prezident.

Loyiha uchun 1 ming 100 gektar yer Karmana tumanidan Navoiy shahriga o‘tkazilgan. Birinchi bosqichda 450 gektar maydonda qurilish rejalashtirilgan.

Shaharchada 7-22 qavatli uy-joylar, 4 ming 170 o‘rinli umumta’lim maktablari, 1 ming 620 o‘rinli bog‘chalar, poliklinika barpo etiladi. “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, Navoiy davlat pedagogika institutining yangi kampusi ham shu yerda bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari Navoiy viloyatida sanoat rivojlangani, lekin xizmat salohiyati to‘liq ishga solinmaganini aytdi. Shu bois shaharchada sayilgoh, ko‘ngilochar maskanlar, savdo do‘konlari, ovqatlanish shoxobchalari tashkil etib, xizmatlar rivojlantirilishi belgilandi.

Shaharcha qurilishi direksiya tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Yer maydonlari elektron auksionga qo‘yilib, g‘olib qurilish tashkilotlari bilan investitsiya shartnomasi tuziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident nuroniylar va ziyolilar bilan suhbatlashdi