Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat rahbari avvalo 27 oktyabrda mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi borasidagi fikrlarini aytdi.
Qayd etilganidek, ushbu saylov Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirayotgan tub islohotlar samarasini o‘zida yaqqol aks ettirdi, demokratik taraqqiyotimizni yorqin ifodasi sifatida hayotimizda o‘chmas iz qoldirdi.
Prezident ko‘p millatli xalqimizga saylovlarda yuksak siyosiy madaniyat va faollik ko‘rsatib, fuqarolik burchini mas’uliyat bilan ado etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, xalq vakili maqomiga ega bo‘lgan barcha deputatlarni tabrikladi.
Saylovlar natijasida yurtimizda huquq va vakolatlari sezilarli darajada kuchaygan yangi vakillik organlari tizimi ham shakllangani ta’kidlandi.
«Shu tariqa mamlakatimiz demokratik taraqqiyotning yangi davriga, sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
Biz barcha bo‘g‘indagi deputatlarimiz timsolida zimmasidagi mas’uliyatni chuqur anglaydigan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimizning erkin va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida o‘zini ayamasdan tinimsiz harakat qiladigan, bor bilim va tajribasini Vatan ravnaqi uchun safarbar etadigan fidoyi insonlarni tasavvur qilamiz.
Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlarida fuqarolarimizni orzu-intilishlari, dardu tashvishlari, mavjud muammolarni hal etish yo‘llari o‘z ifodasini topganini alohida ta’kidlash lozim.
Xalqimiz sizlarning yangi g‘oya va tashabbusingizga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. El-yurtimiz yangi parlament va mahalliy kengashlar a’zolaridan ko‘p narsani kutmoqda», – dedi Prezident.
Davlat rahbari ana shunday sharafli va ezgu vazifalarni ado etishda xalq vakillariga kuch-g‘ayrat, yutuq va omad yor bo‘lishini tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroil hujumidan keyin Eron harbiy budjetini 200 foizga oshiradi
Shimoliy Koreya Rossiyaga 5,5 mlrd dollarlik qurol yetkazib bergani aytilmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimizga, orzumizga hali yetmadik"
“Hizbulloh” rahbari: Urush qancha davom etmasin, o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaymiz
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
«Hizbulloh»ning yangi rahbari ma’lum bo‘ldi
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
Mayk Tayson: "Kasalxonada o‘lgandan ko‘ra, ringda o‘lganim afzal"