00:01 / 03.11.2024
32

Farg‘onada mebel sexining binosi xatlandi

Farg‘onada mebel sexining binosi xatlandi
Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan muayyan ishlar qilinmoqda.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining qarzdorlar T.I. va “S.E.” MCHJdan solidar tartibda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bank foydasiga jami 1 mlrd 732 mln so‘m qarzdorlik undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan bino-inshootlarga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq, qarzdorlarga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Ijro harakatlari davomida garov mulki bo‘lgan va ijro hujjatida undiruvga qaratilishi belgilangan Farg‘ona shahrida, joylashgan mebel ishlab chiqarish sexi xatlanib, “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion dastkriga kiritish ta’minlandi.

Kelgusida, mulk realizatsiyasidan tushgan pul mablag‘lari qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada mebel sexining binosi xatlandi