12:57 / 03.11.2024
27

O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktyabr kuni “Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi homiyligidagi ushbu tashkilotni tuzish taklifi 2022 yil oktyabr oyida Ostonada o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mard To‘qayev tomonidan bildirilgandi.

Taklifga asosan 2023 yil 13 oktyabr kuni Bishkekda o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlari sammitida tashkilotni tuzish haqidagi shartnoma imzolangan.

Tashkilotning maqsad va vazifalari qatoriga rus tilida sifatli ta’limni qo‘llab-quvvatlash, "Rus tili va adabiyoti" hamda "Rus tili chet tili sifatida" yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, shuningdek, ushbu sohadagi mutaxassislar zaxirasini shakllantirish kiradi.

Bundan tashqari, tashkilot davlatlararo muloqot tili sifatida rus tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish masalalarida MDH mamlakatlarining har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorligini mustahkamlash bilan shug‘ullanadi. U o‘z faoliyatida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, millatlararo totuvlik, ishonch va o‘zaro tushunish tamoyillariga asoslanadi.

Shartnoma oktyabr oyida parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilingan va O‘zbekiston Senati tomonidan ma’qullangan.

Shu kunga qadar shartnomani Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon ratifikatsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi