
Poytaxtda isitish mavsumi 7 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda 5 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Muvofiq ravishda, 7 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.
2023 yilda 6 noyabr kuni isitish mavsumi boshlangandi. Qoidalarga ko‘ra, isitish mavsumi boshlanishi uchun havo harorati ketma-ket besh kun 8 daraja issiqdan past bo‘lishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar