Soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «G.H.» avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi G‘.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 600 AQSH dollarini olib, unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlanib, G‘.Q. tomonidan 100 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Vataparvar» tashkilotining tuman bo‘limi hisobchisi Sh.X. fuqaro G.A.ga haydovchilik guvohnomasini olishi uchun o‘quv kursida o‘qiganligi to‘g‘risida sertifikat olib berishi evaziga 5,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi