07:00 / 10.11.2024
30

O‘zbekistondagi tergov izolatorlari deyarli to‘lgani ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi tergov izolatorlari deyarli to‘lgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi tergov hibsxonalari deyarli to‘lib bo‘lgan. Bu haqda Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov advokatlar bilan bo‘lgan muloqotda ma’lum qildi.

Foto: Oliy sud
Baxtiyor Islomovga ko‘ra, bunday holat O‘zbekistonda ilk bor 2001 yilda kuzatilgan.

Qamoq ehtiyot chorasi ommaviy (97 foiz hollarda) qo‘llanayotgani haqida gap ketganda Oliy sud raisi 'izolatorlar to‘lib ketgan'ini aytdi”, deyiladi bu haqda xabar bergan manbada.

Baxtiyor Islomov muammo yangi tergov hibsxonalarini qurish bilan hal qilinmasligi kerakligini aytgan.

Foto: Oliy sud
O‘shanda vaqtincha saqlash joylaridagi shart-sharoitni o‘rganish uchun idoralararo komissiya tuzilgan edi. Hozir ham o‘shanga o‘xshash vaziyat bo‘lyapti. Lekin muammo yangi tergov hibsxonalarini qurish bilan hal qilinmasligi kerak”, dedi Oliy sud raisi.

Advokat Bahrom Salomov qamoq ehtiyot chorasini qo‘llashda suiiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun ayblov organi zimmasiga gumonlanuvchi tergovdan qochishi yoki guvohlarga bosim o‘tkazishi mumkinligini isbotlab berish kabi aniq majburiyatlar yuklashni taklif qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi tergov izolatorlari deyarli to‘lgani ma’lum qilindi