47
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
Foto: Videodan kadr
Kimyo fani o‘qituvchisi Mohira Boltayeva so‘nggi uch yil davomida olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilarni tayyorlagani uchun umumiy hisobda qariyb 1 milliard so‘m mukofot puli oldi. Bu haqda «Nigoh»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Moxira Boltayeva 23 yoshda, Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ishlaydi. U 2019 yilda kimyo bo‘yicha xalqaro olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan. Hozir u iqtidorli maktab o‘quvchilarini olimpiadalarga maqsadli tayyorlamoqda.
– Bu yil o‘z shaxsiy rekordimni o‘rnatdim – uch nafar shogirdim xalqaro kimyo olimpiadasida medalni qo‘lga kiritdi. Viloyat olimpiadalarida shogirdlarim hisobida yana beshta g‘alaba bor, dedi u.
Olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilarini taqdirlash marosimida Boltayeva eng ko‘p mukofot puli – 378 million so‘m oldi. Shuningdek, u 2023 yilda 350 million, 2022 yilda 250 million so‘m mukofot bilan taqdirlangan.
Umuman olganda, 2024 yilda o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 122 ta medal qo‘lga kiritdi va bu, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so‘zlariga ko‘ra, tarixiy rekord bo‘ldi. Hukumat g‘oliblar va ularning o‘qituvchilariga mukofot puli uchun 9 milliard so‘m (700 ming dollar) ajratdi.
Xalqaro olimpiadalarda medal qo‘lga kiritgan o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi va o‘qituvchilarining keyingi o‘quv yili davomida ish haqi 200 foizga oshiriladi, ularga oliy malaka toifasi beriladi. Nufuzli xalqaro olimpiada g‘oliblari ta’lim muassasalarida g‘olib bo‘lgan fanidan dars bersa, oylik maoshiga 150 foiz ustama beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi
Uyni xarajatlarsiz isitishning 10 ta oddiy usuli
Starlink uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi