23:57 / 16.11.2024
6

Toshkentda avtobus bekatlari E-auksion orqali ijaraga berilmoqda

Toshkentda avtobus bekatlari E-auksion orqali ijaraga berilmoqda
Toshkent shahrida joylashgan avtobus bekatlari E-auksion orqali ijaraga berilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hamkorlik doirasida tadbirkorlar tomonidan quyidagi talablarga javob beradigan bekat majmualarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan:

a) ijaraga olingan hududda yagona konstruksiya va dizaynga qat’iy mos keladigan bekatlarni o‘rnatish;
b) har bir bekatni yoritish moslamalari, telefonlarni quvvatlash portlari va chiqindi qutilari bilan jihozlash;
v) har bir bekatga videokuzatuv kameralari va favqulodda chaqiruv tugmalarini o‘rnatish;
g) jamoat transportining kelish vaqti haqida ma’lumot beruvchi tablo o‘rnatish;
d) bekatlarda LЕD-ekranlarni o‘rnatish taqiqlanadi;
e) tijorat faoliyati uchun binolar va/yoki qo‘shimcha inshootlarni qurish man etiladi;
j) to‘xtash platformasi to‘siqsiz muhit standartlariga va zamonaviy arxitektura yechimlariga mos kelishi, granit plitalardan tekis yuza hosil qilishi, bordyurlardan foydalanilgan holda bajarilishi lozim.

Bunday bekat majmualarini o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish uchun tadbirkorlarni uzoq muddatli ijara huquqi asosida E-auksion platformasi orqali ochiq savdolarda ishtirok etishga taklif qilinmoqda. Hozirda birinchi bosqich auksioni o‘tkazilmoqda.

Tadbirkorlar bekatlarning yon devorlarida roll-up turidagi reklama materiallarini, orqa devorlarida reklama pannolarini joylashtirish xizmatini tashkil qilib va bu orqali daromadini oshirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtobus bekatlari E-auksion orqali ijaraga berilmoqda