09:46 / 17.11.2024
11

O‘zbekistonda endi ayrim tadbirkorlarga soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

O‘zbekistonda endi ayrim tadbirkorlarga soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi
O‘zbekistonda endi yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari rag‘batlantiriladi. Prezident tomonidan 15 noyabr kuni imzolangan qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun rag‘batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
  • yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha to‘langan summani qaytarish 3 kunlik muddatda amalga oshiriladi;
  • reyting bo‘yicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash tekshiruvlar o‘tkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi haqida 2024 yil yanvarida imzolangan prezident qarorida belgilangandi. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi 2024 yil 1 fevraldan joriy etildi.

Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratilgan:

- “AAA”, “AA” va “A” toifalar — yuqori barqarorlik reytingi;
- “VVV”, “VV” va “V” toifalar — o‘rta barqarorlik reytingi;
- “SSS”, “SS” va “S” toifalar — qoniqarli barqarorlik reytingi;
- “D” toifa — quyi barqarorlik reytingi.

Endi ushbu reyting orqali tadbirkorlar o‘rtasida qonunlarga itoat qilish, intizomli va harakatchan bo‘lishni rag‘batlantirish zarur. Buni joriy qilish va samaradorligini ta’minlashda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashining o‘rni katta bo‘lishi kerak”, degan edi Shavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni tadbirkorlarning barqarorlik reytingini joriy qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishganda.

Reyting baholash mezonlari 23 ta bo‘lib, ular umumiy, ballarni kamaytiruvchi va rag‘batlantiruvchi guruhlarga bo‘linadi. Umumiy guruhda 10 ta mezon bo‘lib, har biri 10 baldan, jami 100 ball yig‘ish mumkin. Masalan, korxona xodimining oyligi respublikadagi eng kam ish haqidan kam bo‘lsa, tadbirkorlik subyekti 5 balidan ayriladi. Oylik miqdori 25 foizga oshgan bo‘lsa, 2 ball, 25 foizdan 50 foizgacha o‘sgan bo‘lsa, 4 ball, 75 foizgacha 6 ball, 100 foizgacha bo‘lsa, 8 ball, 100 foizdan yuqori bo‘lsa, 10 ball qo‘shib beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda endi ayrim tadbirkorlarga soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi