12:09 / 09.10.2016
14 070

O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov jahonning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov jahonning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatiga kiritildi

Iordaniya Qirollik strategik islom tadqiqotlar markazi tomonidan jahonning eng nufuzli musulmonlarining yangi 500talik ro‘yxati e’lon qilindi. 2016 yilgi reytingdan O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov ham o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Reytingda Al-Azhar shayxi Ahmad Toyyib etakchilik qildi. Ikkinchi pog‘onani Iordaniya qiroli Abdulloh ibn al-Husayn band etdi. Uchinchi o‘rin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul-Aziz al-Saudga nasib etdi. Ro‘yxatga, shuningdek Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov, Ozarboyjon muftiysi Ollohshukur Poshshozoda, Rossiya muftiysi Ravil G‘aynuddin, Tojikiston muftiysi Sayyidmukarram Abdulqodirzoda ham kiritildi.

Nashrning 2016 yilning eng muhim voqealari ro‘yxatida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning vafot sanasi kiritilgan. Shuningdek, Rio-2016 yozgi Olimpia o‘yinlarining musulmon g‘oliblari qatorida 13 nafar o‘zbekistonlik sportchilar o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, jahonning eng e’tiborli musulmonlarining 500talik ro‘yxati 2009 yildan beri Iordaniya Qirollik strategik islom tadqiqotlar markazi tomonidan tuzib kelinadi. Muftiy Usmonxon Alimov 2009 yildan beri reytingdan muntazam o‘rin olib keladi.

Usmonxon Alimov 1950 yil 1 yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, 1982-83 yillarda Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida, 1983-87 yillarda esa Toshkent islom institutida, 1989-90 yillarda Marokashdagi “Karavayin” universitetida tahsil olgan. 1987-2000 yillar davomida Payariq tumanidagi “Imom Buxoriy” masjidida imom-xatib, 2000 yildan esa O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqanddagi bosh vakili vazifasida faoliyat olib borgan. 2006 yil 8 avgust kuni esa Usmonxon Alimov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov jahonning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatiga kiritildi