19:50 / 20.11.2024
10

Ikki nafar farzand otasi bag‘riga qaytdi

Ikki nafar farzand otasi bag‘riga qaytdi
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir. Bugungi kunda oilada er-xotinning huquq va majburiyatlariga amal qilmasligi aksariyat hollarda nizolarga sabab bo‘layotgani va oxir-oqibat notinchlik ortidan ayrim farzandlar otasiz yoki onasiz ulg‘ayishga majbur bo‘layotgani rost.

Qachonlardir bir-birlarini yaxshi ko‘rib turmush qurgan, buning mevasi sifatida farzandlar dunyoga kelgan oila qandaydir sabablar omilida avvalgidek baxtli yashashni istashadi.

Bugungi kunda Byuro xodimlari ham o‘sha sababchi shaxslarga aylanmoqda. Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasiga asosan J.K. hisobidan M.K. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisining harakatlari bilan tomonlarga to‘g‘ri huquqiy tushuntirishlar berish natijasida oila qayta tiklanib, ijro ishi amalda tamomlandi. Natijada norasida bola ota-onasining mehriga to‘yib o‘sadigan bo‘ldi.

Byuroning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan bu boradagi ishlar muntazam davom ettirilmoqda. Toki, muqaddas oila qo‘rg‘oni hech qachon darz ketmasin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki nafar farzand otasi bag‘riga qaytdi