Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident 23 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Yangihayot» industrial texnoparkida bo‘ldi. Qayd qilinishicha, Yangihayot tumanida 184 mingdan ziyod aholi yashaydi.
So‘nggi yillarda ko‘plab yangi uylar qurilib, oilalar ko‘chib keldi. Ular uchun shu yaqin atrofda ish o‘rinlari tashkil etishga harakat etilmoqda. «Yangihayot» texnoparki shu maqsadda tashkil etilgan.
Davlat rahbari texnoparkdagi korxonalar mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.
- "So‘nggi yillarda tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar bugun o‘z natijasini berayapti. O‘zimizning ishbilarmonlar mana shunday ko‘p xilda va yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarayapti. Bu imkoniyatlarni har yili kengaytirib boramiz. Chunki tadbirkor iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi", dedi prezident.
Prezidentga texnoparkdagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berildi. Jumladan, qurilish materiallari, elektrotexnika, logistika va xizmat ko‘rsatish, tekstil va to‘qimachilik sanoati, oziq-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarda 386 million dollarlik 46 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, texnoparkdagi korxonalar uchun mutaxassislar tayyorlashda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
Umuman, texnoparkda 2025 yilda 235 million dollarlik 37 ta, 2026 yilda esa 50 million dollarlik 1 ta loyiha ishga tushiriladi. Natijada 10 mingta yangi ish o‘rni va 35 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan o‘n oyda Yangihayot tumanida 3 mingdan ziyod aholi doimiy ishga joylashtirilgan, 6 mingta o‘zini o‘zi band qilgan shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi