O‘zbekistonda uy-joyni yaxshilash uchun 120 million so‘mgacha ipoteka krediti ajratish uchun arizalar qabuli 1 dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Ushbu kredit yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun 20 yilgacha muddatda ajratiladi. Bunda dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.
Uni olmoqchi bo‘lganlar qayerga murojaat qilishi kerak?
Kredit “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida “Onlayn mahalla” platformasida kambag‘allikdan chiqarish individual dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ajratiladi. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar ushbu dasturga kiritish va ipoteka kreditini ajratish bo‘yicha tavsiya olish uchun “mahalla yettiligi”ga murojaat qilishi lozim. Ariza ular tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va tavsiya berilishi yoki uni berishni rad etish sababi ko‘rsatilgan yozma xulosasi taqdim etiladi.
Tavsiya berishni rad qilishga quyidagilar asos bo‘ladi:
- ariza beruvchining oilasi dasturga kiritilmagan bo‘lsa;
- ariza beruvchining uy-joyi sharoitini yaxshilashga muhtoj hisoblanmasa;
- ariza beruvchi shaxs yoki uning turmush o‘rtog‘i mazkur imtiyozdan avval foydalangan bo‘lsa;
- ariza beruvchi shaxs davlat tomonidan avval berilgan ijtimoiy yordam va ko‘maklardan maqsadsiz foydalangani to‘g‘risida tegishli tashkilotlarning ma’lumotlari mavjud bo‘lsa.
Turar joyi nochor ahvoldagi oilalarga o‘z hovlisida uy qurish va ta’mirlashga 120 million so‘mgacha ipoteka krediti ajratilishi haqida Shavkat Mirziyoyev 12 mart kuni o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilingandi. 2 may kuni prezidentning tegishli farmoni imzolandi.
Farmonga muvofiq, 2024 yilgi dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga, 2025 yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa — Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi.
Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024 yilgi dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”