
Majburiy ijro byurosining Sayxunobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 30.10.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “M.A.”dan undiruvchi “Q.G.” foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oyda oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/8 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati mavjud.
Ijro ishi bo‘yicha davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, qarzdor M.A. fuqaro Q.G.ga 74,7 mln so‘m aliment pullari undiruvchi plastik kartasiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar