Foto: Telegram / KoDnu
«O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Rossiyadan Toshkentdan shahar atrofi qatnovlari uchun foydalaniladigan yangi elektropoyezd oldi. Bu haqda kompaniya raisi Zufar Narzullayev seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Gazeta.uz.
«Rossiyadan xalqqa xizmat qiladigan «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga shaharlararo elektropoyezd olib kelindi. Buni ham xalqimizga xizmat qilishga qo‘yishga topshiriq berildi», — dedi Zufar Narzullayev.
20 noyabr kuni Telegram'dagi kanallar Rossiyada ishlab chiqarilgan EP3D elektropoyezdining sinovlari haqida xabar bergandi. EP3D — Rossiya yo‘lovchi elektropoyezdlari bo‘lib, u 2016 yildan buyon Demixov mashinasozlik zavodida ishlab chiqariladi.
Prezident 2022 yilning yozida Toshkentdan Hojikent, Bekobod va Angren yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergandi. Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda hozirgi poyezdlar parki eskirgani va yo‘lovchilar oqimiga bardosh bera olmasligi ta’kidlangan.
O‘shanda elektropoyezdlarning harakat tezligi pastligi, vokzallar va jamoat transporti o‘rtasi o‘zaro bog‘lanmagani, xizmat ko‘rsatish darajasi pastligi, tariflarni erkin boshqarish imkoniyati yo‘qligi va va boshqa kamchiliklari qayd etilgan.
2021 yilning bahorida «O‘zbekiston temiryo‘llari» kompaniyasi Toshkentda shahri atrofi qatnovi uchun elektropoyezdlar parkini yangilash rejasini e’lon qilgandi. Xojikent yo‘nalishiga to‘rtta yangi tezyurar elektropoyezdini qo‘yish rejalashtirilgan, bu esa yo‘l vaqtini 2 soat 15 daqiqadan 1 soatga qisqartirishi bildirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”