
Toshkent shahar Olmazor tuman prokuraturasi katta tergovchisi S. ga nisbatan tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilganida u kelishilgan 30.000 AQSH dollaridan 20.000 AQSH dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Tergovchiga nisbatan JKning 210-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi Sh.Sh. 40 ming AQSH dollarini olib, jinoiy ta’qibdan qutulish maqsadida noma’lum tomonga yashiringani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar