Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.
Raqamlarga nazar soladigan bo‘lsak, afsuski, butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya’ni yettita kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud. Nogironlarning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi.
Har yili “3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan har yili o‘tkaziladigan xayriya tadbirlari ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratishga biroz bo‘lsa-da hissa qo‘shish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.
Sana munosabati bilan Byuroning Qarshi tuman bo‘limi boshlig‘i va xodimlari tomonidan tumandagi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olinib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom ettirilmoqda, deyiladi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Gvardiola kutilmaganda “Manchester Siti”dan ketishi mumkinligini aytdi
Andijonda ikki firibgar yigirmadan ortiq ta’lim va tibbiyot xodimlarini chuv tushirdi
Arman Sarukyan: "Maxachevni nokaut qilishim shart, chunki..."
Osiyo chempionati. Havasbek Asadullayev ishonchli g‘alaba qozondi