
Foto: Toshkent shahar elektr tarmoqlari
Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 5 dekabr kuni Toshkentning uchta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Yunusobod tumani: “Obod”, “Bog‘ibo‘ston”, “Oqtepa”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Shayh Shivli”, “Firdavsiy”, “Otchopar-1” va “Otchopar-2” MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 19:00 gacha;
Mirobod tumani: “Parvona”, “Fayzobod”, “Baratxo‘ja”, “Ziyonur”, “Bilimdon”, “Yuksalish”, “Yangi Qo‘yliq”, “Tolariq”, “Chinor”, “Qo‘yliq ota” va “Bayot” MFY ayrim hududlarida;
Sergeli tumani: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eski Jaloyir”, “Ko‘hnaqumariq”, “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat”, “Shukrona”, “Xalqobod”, “Madaniyat”, “Qushqo‘rg‘on”, “Asrobod”, “Eshonbuloq” hamda “Kengmakon” MFY ayrim hududlarida.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tildi.
4-11 dekabr kunlari “Teplichnaya” podstansiyasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab Sergeli tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Ushbu hududlar: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eski Jaloyir”, “Ko‘hnaqumariq”, “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat”, “Shukrona”, “Xalqobod”, “Madaniyat”, “Qushqo‘rg‘on”, “Asrobod”, “Eshonbuloq” hamda “Kengmakon” MFY ayrim hududlarida.
Toshkent TumaniElektr Ta’minotiYunusobod TumanMirobod TumanSergeli TumanTa’mirlash Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar