date

Farzandlar tirik yetim bo‘lmasin

Farzandlar tirik yetim bo‘lmasin
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir. Bugungi kunda oilada er-xotinning huquq va majburiyatlariga amal qilmasligi aksariyat hollarda nizolarga sabab bo‘layotgani va oxir-oqibat notinchlik ortidan ayrim farzandlar otasiz yoki onasiz ulg‘ayishga majbur bo‘layotgani rost.

 Er va xotinning nizosi sabab oila ajrashganligi farzandlarining tarbiyasiga va ta’minotiga ta’sir qilmasligi kerak.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning S.B.dan undiruvchi Z.X. foydasiga farzandining ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisining ijro ishi doirasida to‘g‘ri berilgan huquqiy tushuntirishlari natijasida taraflarning kelishishiga erishildi.
Byuroning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan bu boradagi ishlar muntazam davom ettirilmoqda.

Toki, muqaddas oila qo‘rg‘oni hech qachon darz ketmasin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandlar tirik yetim bo‘lmasin