Foto: IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati
O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvardan boshlab uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarning ehtiyot chorasi va jazoni ijro etish joyida bo‘lishini real vaqt rejimida masofadan turib nazorat qilish tartibi amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 5 dekabrdagi qarorida belgilandi.
Hujjatda qayd etilishicha, Kriminologiya tadqiqot institutida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi amalga oshirilib, loyiha natijasida elektron braslet yaratildi va uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi. Respublikaning 14 ta hududida (ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, probatsiya xizmatlarida) sinovdan o‘tkazilib, amaliyotga joriy etishga tayyor holatga keltirildi.
Qaror bilan Uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Elektron braslet — uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsning harakatlanishini real vaqt rejimida avtomatik tarzda xabar yuborish orqali masofadan turib nazorat qilishga mo‘ljallangan, oyoqqa yoki qo‘lga taqiladigan elektron qurilma.
Nizomga ko‘ra, uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarning ehtiyot chorasi va jazoni ijro etish joyida bo‘lishini elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron braslet uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs oyog‘ining boldir qismiga taqiladi. Shaxs oyog‘ining boldir qismiga elektron brasletni taqish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda (suyak sinishi, boshqa jarohatlar bilan tibbiy muolaja ko‘rsatilgan va boshqalar) qo‘l qismiga taqilishiga ruxsat etiladi.
Ayollarga elektron braslet ayol xodim (ichki ishlar organi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori) tomonidan taqiladi hamda yechib olinadi.
Uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan quyidagi shaxslarga elektron braslet qo‘llash mumkin emas:
- 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
- homilador ayollar;
- uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar;
- birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- tibbiy ko‘rsatmaga ko‘ra elektron brasletni taqish tavsiya etilmaydigan shaxslar (implant qilingan kardiostimulyator o‘rnatilgan shaxslar, yuqumli teri kasalligi (allergo kontakt dermatit, teri zamburug‘i yoki qichima kasalligi) bo‘lgan shaxslar).
Ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash tartibi talablarini bajarmayotgan yoki jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan tuman (shahar) ichki ishlar organi probatsiya bo‘linmasi boshlig‘ining qarori asosida elektron braslet taqiladi.
Uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxsga taqilgan elektron brasletning elektr quvvati tugagani, ushbu shaxs elektron brasletni yechgani yoki elektron brasletning texnik topshirig‘ida belgilangan radius oralig‘idan tashqariga chiqqani haqidagi onlayn xabar kelib tushganda, darhol ijrochi xodimlarni bu haqda xabardor etadi va ushbu xabarni “Elektron braslet” axborot tizimida qayd etadi.
Uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs ehtiyot chorasi yoki jazoni ijro etish joyini tark etib, qochgan hollarda tuman (shahar) ichki ishlar organi xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda uni ushlashga qaratilgan choralarni ko‘radi.
2022 yilda jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslar va mahkumlarning qochish holatlarining oldini olish maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etilishi ma’lum qilingandi.
2024 yilning avgustida prezident “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash tartibi talablarini bajarmayotganligi to‘g‘risida rasmiy ravishda ogohlantirilgan yoki ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan tuman (shahar) probatsiya bo‘linmasi boshlig‘ining qarori asosida qo‘llaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan
Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Qarzing bo‘lmasin!
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Janubiy Koreya prezidentining mamlakatdan chiqishi taqiqlandi