18:08 / 11.12.2024
184

Timur Ishmetov Markaziy Bankning yangi raisi etib tayinlandi

Timur Ishmetov Markaziy Bankning yangi raisi etib tayinlandi
Oliy Majlis Senatining kengashi prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy Bank boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetovni tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Avvalroq Mamarizo Nurmuratov Markaziy Bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilgan edi.

Timur Aminjanovich Ishmetov, 1979 yilda tugʻilgan, 2000 yilda Toshkent moliya institutining moliya-kredit fakultetini tamomlagan. 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yoʻnalishini tugatgan. Shuningdek, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy Bankda iqtisodchi sifatida boshlagan, u erda turli lavozimlarda ishlagan. 2017−2019 yillarda Markaziy Bank raisi birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2019-2020 yillarda Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, 2020-2022 yillarda Moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2022 yildan buyon davlat rahbarining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat