172
Namanganda aholi topshirgan qoʻlyozmalar orasidan Mahmud Zamaxshariyning noyob kitobi topildi

Foto: Hamdam Mamadaliev
Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi qoʻlyozmalar markazida 4 mingdan ortiq nodir kitoblar saqlanmoqda. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Ularning aksariyati VII-XVIII asrlarga oid noyob qoʻlyozmalar hisoblanadi.
Markazdagi manbalar soni yaqinda yana 40 taga koʻpaydi. Mahalliy aholi tomonidan taqdim etilgan qoʻlyozmalar orasida eng qimmatlisi Mahmud Zamaxshariyning arab tili grammatikasiga oid “Al-mufassal” kitobi boʻldi.

Foto: Hamdam Mamadaliev
“1121 yilda bitilgan ushbu asar arab tili nahv va sarfni oʻrganishda yirik qoʻllanma sifatida azaldan Sharq va Gʻarbda mashhur boʻlgan”, deydi markaz rahbari Bilolxon Rustamov.
Shuningdek, markazga topshirilgan kitoblar orasida 1870—1905 yillarda Qozon, Ufa va Toshkentda toshbosma usulda chop etilgan “Tazkiratul avliyo”, “Sharhu Aqoidi Nasafiya” kabi nodir manbalar mavjud.

Foto: Hamdam Mamadaliev
Tarix, adabiyot, mantiq va boshqa fanlarga oid qolgan qoʻlyozma asarlar hozirda tadqiq etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar