date
views 223

O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana oshdi
O‘zbekistonda 1 AQSH dollarining so‘mga nisbatan Markaziy bank kursi ikki kunda 33 so‘mga qimmatlab, ilk marta 12 890 so‘mdan oshdi.

14 dekabr kuni belgilangan kurs – 12 892,97 so‘m – milliy valyuta uchun dollarga nisbatan tarixiy minimum kursi bo‘ldi.

Yil boshidan buyon so‘mning Amerika valyutasiga nisbatan qadrsizlanishi 4,4 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022 yilda 3,9 foiz, 2023 yilda esa 9,7 foiz bo‘lgandi.

Xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan Markaziy bank belgilaydigan kursi buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.

14 dekabrda aksariyat banklarda 1 AQSH dollari 12 900 – 12 940 so‘mlik diapazonda sotildi. Sotib olish kursi esa deyarli barcha banklarda 12 820 – 12 830 so‘mni tashkil etdi.

S&P Global agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi yillar davomida quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

2024 yil — 12 950 so‘m;
2025 yil — 13 650 so‘m;
2026 yil — 14 300 so‘m;
2027 yil — 15 000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi davlat budjeti parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13 250 so‘mdan hisoblangan. O‘rtacha kurs 2026 yilda 13 725 so‘m, 2027 yilda 14 150 so‘m bo‘lishi prognoz qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana oshdi