date
views 130

Farg‘onadagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

Farg‘onadagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi
Foto: Videolardan kadr
Farg‘ona shahridagi avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasida 17 dekabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bilan chiqib, sodir bo‘lgan yong‘in qurshab olinib, uni o‘chirish ishlari amalga oshirilayotganini, vahimaga o‘rin yo‘qligi, vaziyat nazorat ostida ekanini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan voqea joyida portlash sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin. Tasvirlardan yana birida zapravka atrofida tutun chiqayotganini, so‘ng bir necha soniyada butun chorrahani olov qoplab olgani aks etgan. Hodisa sabab bir necha avtomobillarga zarar yetgani, ularning birida bo‘lgan odam ham yonib ketgani aytilmoqda.


Foto: Farg‘ona viloyati FVB
Soat 15:26 da FVB sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirilgani e’lon qilindi. Hodisa sababi, jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Baxtsiz hodisalardan qanday himoyalanish mumkin?

Baxtsiz hodisalardan to‘liq himoyalanish mumkin emas, lekin xavfni kamaytirish va o‘z xavfsizligingizni oshirish juda muhim.

Buning uchun quyidagi choralarni ko‘ring:

Birinchi o‘rinda — sug‘urta polisi oling. Bu moliyaviy xavfdan himoyalanishning samarali usulidir. Uy, mashina va sog‘liq uchun sug‘urta orqali baxtsiz hodisalarning iqtisodiy zararini yengillatish mumkin. Sug‘urta kompaniyasiga oid axborotlar bu yerda.

Ogoh bo‘ling: Qayerda bo‘lsangiz ham atrofingizdagi vaziyatni kuzating. Baxtsiz hodisalar ko‘pincha befarqlik yoki e’tiborsizlik sababli sodir bo‘ladi.

Bilim va ko‘nikmalarni oshiring

Birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarni egallang, yong‘inga qarshi kurashish qoidalari va boshqa xavfsizlik bo‘yicha qo‘llanmalarni o‘qing. Uyda xavfsizlikni maksimal ta’minlang — tutun datchiklari va o‘t o‘chirgichlarga hozirlang.

Nosoz elektr simlari va qurilmalardan saqlaning. Atrofni kuzating: piyoda bo‘lsangiz, faqatgina telefonga emas, balki atrofga ham qarab yurishga harakat qiling. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onadagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi