06:30 / 20.12.2024
14

Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi

Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti media forumi bo‘lib o‘tdi. Media forumning birinchi qismida axborot sohasida TDTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan ma’ruzalar taqdim etildi.

TDT Kotibiyati Tadqiqot eskperti Almagul Serkbayeva o‘z nutqida media va axborot sohasidagi hamkorlikni keng qirrali munosabatlar doirasida asosiy yo‘nalish sifatida rivojlantirish, axborot sohasidagi vazirlar yig‘ilishlarini, Ishchi guruh majlislarini har yili o‘tkazish, forumlar tashkil etish, seminarlar, o‘quv dasturlari va tajriba almashish tadbirlari orqali hamkorlikni kengaytirish borasida to‘xtaldi.

Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi boshqarma boshlig‘i Salqin Sarnogoyeva Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar jurnalistlari assotsiatsiyasi Nizomi to‘g‘risida taqdimot qildi. Nizomda Assotsiatsiyaga a’zolik, uning maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlar, Assotsiatsiya tuzilmasi va boshqaruvi hamda boshqa masalalar qanday belgilanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Forumda, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Xalqaro aloqalar va hujjatlarni qayta ishlash boshqarmasi direktori Rasim Baxirov, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi Axborot qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Alisher Muqajan, Turkiya Respublikasi Elchixonasining aloqa bo‘yicha maslahatchisi Hamdi Turshuju so‘zga chiqishdi va TDTga a’zo davlatlar hamkorligining istiqboli to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirishdi.

Yig‘ilish yakunida tomonlar dezinformatsiya va feyklar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha TDT mamlakatlarining umumiy yondashuvlarini belgilovchi Toshkent kommyunikesini imzolashdi.

Ma’lumot uchun: Toshkent kommyunikesida xavfsiz va erkin raqamli muhitni rivojlantirish, TDTga a’zo davlatlarda ijtimoiy tarmoq platformasi vakolatxonalarini tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish, davlat organlarining ochiqligini rag‘batlantirish, bolalarni noqonuniy axborot va zararli kontentdan himoya qilish, bullinga qarshi kurashish va boshqa muhim yo‘nalishlar qamrab olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi