43
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muloqot davomida ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etilgan.
Rossiya prezidentining matbuot xizmatiga ko‘ra, telefon muloqoti O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
«Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov hamda uning yordamchisi Ilya Polikarpovning vafoti munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston ushbu jirkanch terrorchilik harakatini keskin qoralashi alohida ta’kidlandi», — deyiladi Kreml xabarida.
Davlat rahbarlari asosiy e’tiborni terrorizmga qarshi kurashish sohasida ikki davlat maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirishga qaratgan.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Vladimir Putinni «Jonli muloqot» va yil yakunlari bo‘yicha katta matbuot anjumani muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabriklagan.
Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi 17 dekabr kuni tongda Moskva shahri Ryazansk prospektidagi uyi oldida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lgandi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi qurilma uy pod’ezdi yonida turgan elektr samokatga o‘rnatilgan.
18 dekabr kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi FXX va IIV hamkorligida O‘zbekistonning 29 yoshli fuqarosini terrorchilik hujumi sodir etishda gumon qilib, qo‘lga oldi. U so‘roq paytida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangani, buning uchun 100 ming dollar miqdorida pul mukofoti va Yevropa davlatlaridan biriga yashash uchun chiqishi kafolatlanganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi