Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi.
2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024 yil 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi:
- to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Qayd etilishicha, bu 2024/2025 o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oxirlarida bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024 yil 1 dekabrga qadar uzaytirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi