Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga bordi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga bordi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga bordi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga bordi
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga bordi
Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga bordi
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga bordi
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 7–8 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida tashrif buyurib, MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar