21:36 / 25.12.2024
3

Qarzdorlik uchun bino tijorat bankning balansiga o‘tkazildi

Qarzdorlik uchun bino tijorat bankning balansiga o‘tkazildi
Farg‘ona viloyatida tijorat banklaridan olingan kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytara olmayotgan tadbirkorlarning mol-mulklari xatlovga olinib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Bu jarayonda garovga qo‘yilgan mol-mulkidan ajralishni istamagan ishbilarmonlar kredit qarzdorligini zudlik bilan so‘ndirib, xatlovga olingan mulklarini taqiqdan chiqarmoqda. Ayrim tadbirkorlarning bu ishga e’tiborsizlik bilan yondashuvi oqibatida mol-mulki ochiq auksion savdolarida sotilib, undan tushgan mablag‘ tijorat bankidan olingan kredit mablag‘larini so‘ndirishga yo‘naltirilmoqda.

Farg‘ona shahridagi “N.F.” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarmagani uchun qo‘shimcha javobgar bo‘lgan «F.S.G.P» mas’uliyati cheklangan jamiyatining garovga qo‘yilgan mulklaridan ajralib qoldi.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyatidan tijorat banki foydasiga 3 mlrd. 135 mln. 846 ming so‘m undirish belgilangan.

Davlat ijrochilari undiruvni garov mulki hisoblangan ishlab chiqarish va xo‘jalik binolariga qaratgan. Ijro harakatlari jarayonida garov mulklari xatlovga olinib, mutaxassis xulosasiga asosan 3.440.000.000 so‘m boshlang‘ich narx bilan onlayn-auksion savdosiga chiqarildi.

Auksion savdolarida mulk o‘z xaridorini topmagani uchun u tijorat banki balansiga topshirilib, kredit qarzdorligi to‘liq so‘ndirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlik uchun bino tijorat bankning balansiga o‘tkazildi