
Oʻzbekiston hududi boʻyicha 2025 yil yanvar oyining birinchi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.
Havo harorati yanvar oyi boshi uchun boʻlgan oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlib, kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq boʻladi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari 3-8 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq 3 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Harorat kechalari 10-12 daraja daraja sovuqqacha, shimolda 17-20 daraja sovuqqacha qisqa davrga pasayishi ehtimoli bor.
Oyning ayrim kunlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda.
Oʻzbekistonda yanvar oyi odatda qanday boʻladi?
Sinoptiklarga koʻra, yanvar oyi Oʻzbekistonda har doim ham eng sovuq oy boʻlavermaydi. 2002—2003 yillarda dekabr oyi yanvar va fevral oylariga nisbatan eng sovuq oy boʻlgan. 2013—2014 yillarning fevral oyi esa dekabr va yanvar oylariga nisbatan eng sovuq boʻlgan.
Oʻzbekistondagi barcha qish oylari kabi, yanvar oyi ham iliq va sovuq davrlar oʻrin almashib turishi bilan ajralib turadi. Butun yanvar oyi sovuq boʻlgan yillar juda kam kuzatiladi.
Barcha kuzatuv davrlari uchun hududning katta qismi boʻyicha 1969 va 2008 yillarda yanvar oylari eng sovuq boʻlib, me'yordan 8-12 darajaga past boʻlgan, ushbu asrda esa 2006 va 2023 yillarning yanvar oylari eng sovuq boʻlib, me'yordan 4-7 darajaga past boʻlgan.
Soʻnggi yillarda sovuq yanvar oylariga qaraganda iliq yanvar oylari tez-tez takrorlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar