Sizga nima etishmaydi? (hajviya)

Sizda ham shunday boʻladimi? Gohida menga nimadir yetishmagandek tuyuladi. Nimaligini bilmayman. Lekin oʻsha narsa boʻlsa, koʻnglim xotirjam boʻlishini aniq his qilaman. Bu haqda xotinimga aytdim.
– Sizga pul etishmaydi, – dedi bir vaqtlar meni rom etgan, hozir ilonning dumini eslatadigan qoshlarini chimirib. – Bolalar katta boʻlib qoldi, katta-katta pul topishni oʻylang.
Kelib-kelib nima yetishmasligini xotinimga aytamanmi? Axir qanday javob berishi ma'lum edi-ku! Bila turib, soʻrab oʻtiribman-a!
Boʻyi yetib qolgan oʻgʻlimni yonimga chaqirib, shu masaladan gap ochdim.
– Sizga nima yetishmasligini bilmadimu, lekin oyim uyimizga kelin yetishmasligini har kuni aytadilar, – dedi uyalmay-netmay, bez boʻlib.
Mendan koʻra onasiga yon bosishini bila turib, shu tirmizakka koʻnglimni ochib oʻtiribman-a! Kuyib ketaman. Eh, hozirgi yoshlar! Qayga shoshasan? Oldin institutni tugat. Ikki-uch yil ishla. Yoʻq, ikkinchi roʻzgʻor xaltasi ham onasining emas, mening boʻynimga osilishini bilarmikan bu shoshqaloq? Axir, bizni ota-onalarimiz majburlab uylantirishgan-ku!
Ishxonadagilarim bilan gaplashdim, ularning barchasida maosh yetishmasligi ma'lum boʻldi.
Umuman, hammada nimadir yetishmas ekan. Ijodkorga ilhom, xonandaga ovoz, tadbirkorga vaqt, dangasaga dam, oʻqituvchilarga ilgarigi oʻquvchilar va hokazo.
Kechqurun ishdan qaytib, choyxonaga oʻtdim. Mahalla raisi odamlarda qadr yetishmasligidan shikoyat qildi. Odamlar, avvalo, bir-birlarining qadriga yetishlari kerak ekan. Nima uchunligini bilmadim, lekin uni tinglab, ayni haqiqatni aytganini sezib turardim.
Darvoqe, ushbu satrlarni oʻqiyotgan siz... Xoʻsh, ayting-chi, sizga nima etishmaydi?
Manba: Xabar.uz

Xurshid Nurullayev
Manba: Xabar.uz

Izohlar 0
…