date
views 124

Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi

Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi
Qonunchilikka koʻra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Bu tartib 2028 yil 1 yanvargacha amalda boʻladi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga 2028 yil 1 yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar toʻlangan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi.

Oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:
- 60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga toʻlangan QQSning 40 foizi;
- 60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga toʻlangan QQSning 20 foizi;
- turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlarga – byudjetga toʻlangan QQSning 20 foizi.

Avvalroq yanvar oktyabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 19 514 ta yuridik shaxs tomonidan 1 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlangani ma'lum qilingandi. Shundan, 182,9 mlrd soʻmi, ya'ni 16,8 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.

Foto: Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati
Ularning jami tovar aylanmasi 2,7 trln soʻmdan oshgan, qoʻllagan soliq imtiyozlari esa 56,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi