
Foto: Telegram / Rasul Kusherbayev
Buxoroda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgani uchun 17 yoshli oʻsmirga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi. Rasul Kusherbayevning ma'lum qilishicha, ushbu jinoyat ishi tergovchining qaroriga koʻra harakatdan tugatildi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi. IIV axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov jinoyat ishida gumonlanayotgan 17 yoshli Z.M. 7 oy davomida “Binans” platformasida 4 mingdan ortiq 34 milliard soʻmlik shubhali vositachilik operatsiyalarini amalga oshirib, vositachilik haqi undirib kelganini ma'lum qilgandi va buni virtual “valyutchik”lik deb atagandi.
Tergovchining qarorida keltirilishicha, Z.M. unga qoʻyilgan ayblov tugatilishida qilgan ishi ijtimoiy xavfli emasligi, aybiga toʻliq iqrorligi va pushaymonligi, oilaviy ahvoli va hokazolar inobatga olingan.
“Jinoyat protsessual kodeksining 84-moddasi 5-qismi, 2-bandiga asosan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyat ochilishiga faol yordam bergani sababli uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmasdan turib, harakatdan tugatilsin”, deyiladi qarorda.
“Aslida, tergovchilarda mana shunday vakolat ham bor. Hammani ham sudgacha sudrab javobgar qilish shartmas”, deb yozdi Rasul Kusherbayev.
Jinoyat ishi harakatdan tugatilishi bilan birga, unga 14 dekabr kuni e'lon qilingan ayblov olib tashlandi va shu kuni unga qoʻllangan shaxsiy kafillik ehtiyot chorasi bekor qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar