19:53 / 06.01.2025
59

Pokiston Termizda Evropaga moʻljallangan tovarlarni saqlaydigan omborxona quradi

Pokiston Termizda Evropaga moʻljallangan tovarlarni saqlaydigan omborxona quradi
Pokiston tomoni Oʻzbekistonning tranzit xab salohiyatidan foydalangan holda MDH va Sharqiy Evropaga moʻljallangan tovarlarni saqlash uchun Termiz xalqaro savdo markazida (Termez Cargo Center) omborxona tashkil etish rejasini ma'lum qildi.

Bu haqda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher Toʻxtayev hamda Trading Corporation of Pakistan (TCP) savdo korporatsiyasi (Pokiston) raisi Rafeo Bashir Shah uchrashuvida gap borgan.

«Dunyo» AA bergan xabarda aytilishicha, muloqot chogʻida davlat zaxiralariga kiruvchi mahsulotlarni xarid qilish mexanizmlari boʻyicha fikr almashilgan.

Suhbat avvalida TCP raisi, jumladan, tashkilotning faoliyat sohalari toʻgʻrisida ma'lumot berdi hamda hukumat topshiriqlaridan tashqari, yangi yoʻnalish sifatida xususiy sektor kompaniyalari buyurtmasiga binoan xorijdan zarur mahsulotlarni xarid qilish amaliyotini sinovdan oʻtkazayotganini bildirdi.

Oʻz navbatida, Rafeo Bashir Shah Oʻzbekistonning yagona vakolatli organi/tashkiloti bilan zarur mahsulotlarini oʻzaro etkazib berish borasida «G2G» shaklida muzokaralar oʻtkazishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Shuningdek, mazkur masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun 2025 yil mart oyida TCP raisi boshchiligidagi korporatsiya delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkillashtirishga kelishildi.

Ma'lumot uchun, TCP Pokiston Savdo vazirligi tarkibiga kiruvchi institutsional birlik boʻlib, hukumat topshirigʻiga koʻra davlat zaxiralarini shakllantirish yoki markazlashgan holda xorijga eksport qilish bilan shugʻullanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat