Kelgusi 5 yil davomida mamlakatimiz bo‘ylab qariyb 9 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlari, 1400ta quduq va 3600ta suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP VIII s’ezdidagi nutqi davomida ma’lum qilgan.
Yangi suv inshootlari qurilishi va eskilarining ta’mirlanishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlarida yashovchi 3 milliondan ziyod aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Bu orqali aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ko‘rsatkichi 67 foizdan 84 foizga ko‘tariladi. Bu ishlarni hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Toza suv” maxsus jamg‘armasi tashkil etilishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”