Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasining qidiruv shoʻ'basi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar davomida bir necha ma'muriy jarimalari mavjud boʻlgan avtotransportlarini jarima maydoniga joylashtirish choralari koʻrilmoqda.
Misol uchun, Byuroning Qiziltepa tuman boʻlimi ish yurituvidagi qarzdor Z.M.dan jami 8 ta 30,9 mln. soʻmlik YHXB, zarar va bank foydasiga kredit qarzdorliklarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Cobalt” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e'lon qilingan.
Tezkor tadbirlar natijasida mazkur avtotransport vositasi Navoiy shahar hududida harakatlanib yurganligi aniqlangan va xatlanib, vaqtinchalik saqlash uchun Qiziltepa tumani IIB YHXBga tegishli boʻlgan jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Qarzdorga jarimalar va qarzdorliklar toʻlangandan soʻng avtotransport vositasi jarima maydonidan chiqarilishi, aks holda mazkur avtotransport vositasi auktsion savdolari orqali sotuvga chiqarilib, qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirishi haqida batafsil tushuntirish berildi.
Bu boradagi tizimli ishlar davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?