06:00 / 11.01.2025
36

Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi

Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Boʻstonliq tumani Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligiga qarashli Axsarsoy hududida nazorat reyd tadbirlari olib borildi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Ma'lum qilinishicha, reyd davomida hududda hayvon terisi topilgan. Ashyoviy dalil Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tomonidan oʻrganilganida Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻiga tegishli ekanligi ma'lum boʻlgan.

Oʻrganish davomida ayiq noma'lum shaxslar tomonidan qoʻlbola sirtmoq yordamida oʻldirilgani, terisi qoldirilib, boshqa qismlari olib ketilgani aniqlangan.

Foto: Ekologiya vazirligi
Holat yuzasidan toʻplangan ma'lumotlar huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati IIBBga yuborilgan. Aniqlik kiritilgach, qonuniy tartibda tegishli chora koʻrilishi ta'minlanadi.

Ma'lumot uchun, qoʻngʻir ayiq zaif, keng, biroq mozaik tarqalgan kenja tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobiga va CITES’ning I ilovasiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan hayvon hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat