
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituviga Mirzo Ulugʻbek tumani Kadastr agentligining qaroriga asosan, er uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu er uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanganligi sababli, qarzdor T.J.dan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 2-qismiga muvofiq 18 mln. 750 ming soʻm ma'muriy jarima undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Boʻlim davlat ijrochisi Q.Sherjonov tomonidan qarzdor fuqaro bir necha bor, qaror ijrosini ta'minlashi lozimligi haqida ogohlantirilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, qaror talablari bajarilmagani bois, qarzdor T.J.ga nisbatan 18 mln. 750 ming soʻm ma'muriy jarima qoʻllanilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar