16:20 / 13.01.2025
35

Meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatish yoʻlga qoʻyiladi

Meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatish yoʻlga qoʻyiladi
2025 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshiriladi.

Yil yakuni bilan umumiy quvvati 44 ming tonna boʻlgan loyihalar amalga oshiriladi, bunda 51 ta meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanda meva-sabzavotlarni saqlash boʻyicha loyihalar shakllantiriladi.

Loyihalarning manzilli roʻyxati shakllantiriladi va moliyaviy manbalari aniqlanadi.

Loyihalarni ishga tushirish choralari koʻriladi.

Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urugʻlik ta'minoti 50 foizga etkaziladi.

Urugʻchilik sohasida xususiy sektor jalb qilinishini elita urugʻchilik xoʻjaliklari xususiylashtirilishi hisobiga mahalliy sabzavot, poliz va kartoshka urugʻchiligida birlamchi urugʻlik materiallarini koʻpaytirilishi amalga oshiriladi.

Bunda, ommaviy savdolar orqali sotiladigan 39 ta elita urugʻchilik xoʻjaliklari tomonidan sabzavot, poliz va kartoshka urugʻlarining yuqori avlodli urugʻliklari etishtirilishi ta'minlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat