456
Aziza Yoqubova shaxsiy hayotidagi murakkab vaziyatlar haqida: “Oʻgʻlimning enagasi bilan xiyonat qildi”
“Jurnalist” serialidagi roli bilan tanilgan aktrisa Aziza Yoqubova “Chotki TV” kanaliga intervyu berdi. Aktrisa intervyu davomida oilasi, turmush oʻrtogʻining xiyonati sabab qamalib ketishiga oz qolgani va ikkinchi turmushidan ham ajrashgani sababi haqida gapirdi.
“Erim oʻgʻlimning enagasi bilan xiyonat qildi”
Foto: Instagram
Aziza Yoqubova ikki marotaba turmush qurgan, uning birinchi turmushidan bir qizi, ikkinchisidan Muhammad ismli oʻgʻli bor. Aktrisa sobiq ikkinchi turmush oʻrtogʻi va oʻgʻliga yollangan enaga oʻrtasidagi munosabatlar uni qay ahvolga solgani haqida soʻzlab berdi.
— Turmush oʻrtogʻim bilan yarashishga juda koʻp harakat qildim, koʻp kechirdim. Koʻrmay, bilmay, tinch yashay desam ham, Allohning oʻzi erimning xiyonatlarini menga koʻrsatib qoʻyaverdi. Oilani asrab qololmaganlikda mening ham aybim koʻp. Erim uxlab qolganda telefonini tekshirardim, shundan hamma narsani bilib qolaverardim. Oʻgʻlimga qarashi uchun yollangan enaga bor, uyimizdagi liftning oynasidan erimning unga qilgan nojoʻya harakatini koʻrib qolganman. Shundan keyin uyimga ham kuzatuv kamerasi oʻrnatdim. Bir kuni enaganing telefonini olib erim bilan yozishmalarini oʻqidim, kiyim-kechak doʻkonim bilan ovora boʻlib uyda yoʻq boʻlgan vaqtlarimda, bolamning koʻz oʻngida juda koʻp ishqiy sarguzashtlar boʻlgan ekan. Yana koʻp yozishmalar boʻlgan, hammasini ham aytolmayman, deydi aktrisa.
“Qoʻlimda pichoq boʻlgan, qamalib ketishim mumkin edi”
Foto: Instagram
— Shu voqealarni bilib qolganimda enagani oʻldirib, qamalib ketishimga bir baxya qolgan. Oʻsha qizni doʻpposlab urib tashlaganman. Oʻsha paytda qoʻlimda pichoq bor edi, aqlimni yoʻqotgandim. Hech nima koʻzimga koʻrinmadi, oʻldiraman deb turganimda onamning bir gapi bor edi, koʻp takrorlardi, shu yodimga tushdi. “Nima boʻlsa ham oʻzingni yoʻqotib qoʻyma, senga biror kor-hol boʻlsa, oʻzing qamalib ketasan, bolalaring etim qoladi, ering shunday ayollardan biriga uylanib ketadi, farzandlaringni ham olib qoʻyadi” derdi. Shu sababgina oʻzimni toʻxtatdim, qoʻlimdagi pichoq ham, shukrki, oʻtmas ekan. Erimga shunchalik farqi yoʻqki, men enaga bilan janjallashayotganimda u xotirjam boʻlib, kulib videoga olib turgan ekan. Buni sezmaganman, keyin shu videoni koʻrsatib, tarqatib yuboraman deya bir yilgacha tahdid qilib yurdi.
Aziza Yoqubovaning ikkinchi sobiq turmush oʻrtogʻi
Suratga olish jarayonlarining birida qamoq jazosini oʻtayotgan ayollar bilan gaplashgandim. Aynan qotillik bilan “oʻtirgan”lari bilan gaplashganimda hushim oʻzimda emas edi, qanday pichoq tiqib qoʻyganimni, qanday oʻldirib qoʻyganimni bilmayman, deyishardi. Biri erini, biri kundoshini, yana kimdir qaynonasini yoki kelinini. Haqiqatan ham shunday boʻlarkan, ayollar atayin bunday qilmasligini oʻzim xuddi shu vaziyatga tushib bildim, deydi Aziza Yoqubova.
“Ajrashmoqchi boʻlgan ayollarni fikridan qaytarishga harakat qilaman”
Foto: Instagram
— Shu erim bilan toʻrt oy nikoh bilan yashadim, qolgani turli gap-soʻz, keldi-ketdi bilan oʻtgan. Oʻz uyimda, oʻzimning pulimga yashardim, farzandlarimni oʻzim boqqanman. Farzandlarim etim boʻlmasin, otasiz ulgʻaymasin deya oilamni saqlab qolishga koʻp rozi boʻlganman, ammo baribir boʻlmadi. Instagram’dagi obunachilarim hayotimni bilgani uchun menga koʻp yozishadi — ajrashmoqchiman, erim xiyonat qilyapti, ammo qanday qoʻlga tushirishni bilmayapman, deya. Shunda yashashga uyingiz bormi, ajrashgach farzandingizni boqa olasizmi, deya soʻrayman. Chunki ajrashib ota uyiga borgan qizni baribir yoqtirishmaydi, kun kelib ortiqchalik qila boshlaydi. Menga yozgan hamma ayollarga ha, ajrashing deb ketavermayman. Qaytanga ularni qaytarishga harakat qilaman. Oilasi jar yoqasida turgan ayol atrofdagilarning, ayniqsa, dugonalarining gapiga quloq solmasligi kerak. “Ana, falonchini qara, ajrashib maza qilib yashayapti. Buni qara, ikkinchi xotin boʻlib tegib olgan yoki oʻynash boʻlib yuribdi” deydigan dugonalar koʻp, ammo ularga quloq solib shunday qilish eng katta xato, deydi Aziza.
Foto: Instagram
Hozirda hayotimda hech kim yoʻq, bir inson bir yildan beri meni rozi qilishga harakat qilib kelyapti, uni Instagram’dagi obunachilarimga mister X deyman. Hali u bilan hech qanday munosabatim yoʻq, ammo keyinchalik nima boʻlishi haqida aniq gap aytolmayman, deya ishora qildi aktrisa. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi
Zominda tirik ilon egan erkak jarimaga tortildi
Jizzaxda oʻqituvchilar firibgarlik qurboni boʻlishdi
Toshkentda “Malibu-2” haydovchisiga chora koʻrildi
Oʻzbekistonda ta'lim muassasalarining oshxonalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Samarqandda sifatsiz alkogol sabab 5 kishi hayotdan koʻz yumdi