209
Ekologiya vazirligi: “Toshkent viloyati va shahridagi 46 ta issiqxona faoliyati toʻxtatildi”
Foto: Ekologiya vazirligi
16-17 yanvar kunlari Toshkent shahri havosida ifloslanish ortgani ortidan davlat Ekologik nazorati inspektsiyasi va hududiy boʻlinmalar Toshkent viloyati va shahridagi 486 ta issiqxonalarda oʻrganish oʻtkazdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma'lum qildi.
Oʻrganish davomida Zangiota, Qibray, Toshkent tumanlari, Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod, Bektemir, Olmazor tumanlaridagi issiqxonalarning 440 tasi faoliyat yuritayotgani, 46 ta issiqxona (Zangiota tumanida 16 ta, Qibray tumanida 10 ta, Toshkent tumanida 4 ta, Yunusobod tumanida 11 ta, M.Ulugʻbek tumanida 5 ta) mavsumiy boʻlgani, ya'ni qozonxonasi yoʻqligi sababli ishlamayotgani aniqlangan.
Vazirlikka koʻra, Toshkent shahri va Toshkent viloyati bilan chegaradosh boʻlgan Toshkent halqa avtomobil yoʻli boʻylab 9 ta nuqtadan havoning ifloslanishi boʻyicha koʻchma laboratoriya orqali THAYda Eshonguzar aholi yashash punktidan Toshkent Pediatriya tibbiyot institutigacha boʻlgan hududda havoning ifloslanish darajasi tahlil qilingan. Natijada PM2,5 va PM10 ifloslantiruvchi moddalar miqdori 0,05 mgdan 540 mggacha ortib ketgani aniqlangan.
“Dudboʻrondan foydalanish qoidalarini buzgan jami 37 ta issiqxona egalariga ma'muriy jarimalar qoʻllandi, 46 ta issiqxona faoliyati toʻxtatildi, 426 ta issiqxona egalari ekologik talablarga javob beradigan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish, rezina qoldiqlari va boshqa chiqindilardan yoqilgʻi sifatida foydalanmaslik yuzasidan ogohlantirildi. Nazorat tadbirlari davom etyapti”, – deyiladi rasmiy xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar