Samarqandlik oʻquvchi mashina haydab odam oʻlimiga sababchi boʻldi

Samarqandlik oʻquvchi mashina haydab odam oʻlimiga sababchi boʻldi
Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida voyaga yetmagan bola mashina boshqarib inson umriga zomin boʻldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahridagi 5-maktabning 10-sinf oʻquvchisi uyda turgan mashinani oʻzboshimchalik bilan minib chiqib piyodani urib yuborgan.

Hodisa shaharning Sadriddin Ayniy koʻchasida sodir boʻlgan. Oqibatda piyoda ogʻir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar