17:33 / 21.01.2025
492

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni Oʻzbekistonga taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni Oʻzbekistonga taklif etdi
Foto: rollcall.com
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari oʻz maktubida Donald Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQShning xalqaro maydondagi nufuzi va obroʻ-e'tibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi oʻrni va ahamiyati yanada ortishiga ishonch bildirdi.

Oʻzbekiston AQShning mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlaydi.

"Sizning birinchi Prezidentlik davringizda Oʻzbekiston-AQSh oʻrtasida yangi davrdagi strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatilganini va koʻp qirrali aloqalarimiz yuqori bosqichga koʻtarilganini istar edim. Biz bundan keyin ham ikki va koʻp tomonlama platformalar doirasida uzoq muddatli hamkorligimizni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz", – deyiladi Prezidentimiz maktubida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan Oʻzbekistonga kelishga taklif etdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat