18:06 / 21.01.2025
55

Onlayn sotuvchi iste'molchiga tovarni muddatida etkazmasa penya toʻlaydi

Onlayn sotuvchi iste'molchiga tovarni muddatida etkazmasa penya toʻlaydi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraktsiyasi yigʻilishida «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunga qoʻshimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, sotuvchilarning fuqarolarga tovarlarni kelishilgan muddatda etkazib bermayotgani bilan bogʻliq murojaatlar tobora koʻpaymoqda. Bunga amaldagi qonunlarda javobgarlik belgilanmagani ham sabab boʻlmoqda.

Shunday holatlarning oldini olish maqsadida «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunga qoʻshimcha kiritiladi. Ya'ni, sotuvchi iste'molchiga shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda, majburiyatni bajarilmagan qismiga penya toʻlashi belgilanadi.

Bunda penyaning umumiy summasi etkazib berilmagan tovar bahosining 100 foizidan oshib ketmasligi, penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni etkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, toʻliq etkazib bermaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmasligi nazarda tutiladi.

Munozaralar davomida fraktsiya a'zolari iste'molchilar manfaatlaridan kelib chiqib, qonun loyihasini yanada takomillashtirish va maromiga etkazish boʻyicha bir qator takliflar berdi.

Deputatlar loyihaning qabul qilinishi aholining iste'molchi sifatida qonuniy manfaatlarini himoya qilish va oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotuvchi shartlashilgan muddatlarda tovarlarni iste'molchiga topshirmasligi kabi holatlarning oldini olishga xizmat qilishini qayd etib, qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng, uni ma'qulladilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat