Toshkent shahrida taksi haydovchisi uxlab qolgan yoʻlovchining nomiga kredit olib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlandi.
Toshkent shahri IIBB xabariga koʻra, taksiga chiqqan yoʻlovchi ayol mast holatda boʻlgan. U telefonini haydovchiga manzil geolokatsiyasini koʻrsatish uchun bergan va uxlab qolgan. Haydovchi va uning sherigi telefondagi ilova orqali mijoz nomiga 12 million soʻm miqdorida mikroqarz rasmiylashtirgan. Pulni oʻz kartasiga oʻtkazib, bankomatdan echib olgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda ikkala shaxs ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchiga etkazilgan moddiy zarar qoplab berilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar